Umida Omonova shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Sport

Musobaqada 41 ta davlatdan 650 nafar shaxmatchilar ishtirok etmoqda.

Umida Omonova shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
17-dekabr kuni BAAning Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari boshlandi.

41 davlatdan 650 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan musobaqaning dastlabki kunidayoq O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Umida Omonova blits yo‘nalishida Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Davron Sharipov 2-o‘rinni, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husniddinovalar 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Umida Omonova Xitoyning Xannchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida kumush medalga ega chiqqandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing