Universal Horses Stable’da «Uzbekistan Global Tour 2026»ning 8-bosqichi bo‘lib o‘tdi
Sport
20 sentyabr kuni Universal Horses Stable ot sporti majmuasida O‘zbekiston Otchilik va ot sporti federatsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan «Uzbekistan Global Tour 2026» musobaqalarining 8-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarda turli darajadagi tayyorgarlikka ega sportchilar olti toifada ishtirok etdi.
Musobaqa ishtirokchilar paradi bilan boshlandi. Shundan so‘ng chavandozlar balandligi 90 santimetrdan 125 santimetrgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda start oldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, barcha toifalarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
125 sm balandlikdagi A toifasida Usmonov Farrux Butsifal bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Erkinov Alisherga Kuldenser bilan, uchinchi o‘rin esa Ismoilov Miryoqubga Dream Roller bilan nasib etdi.
120 sm yo‘nalishdagi D toifasida Seyitniyazova Yasmin Camerlane bilan g‘olib bo‘ldi. Ismoilov Miryoqub Cornetta La Cami bilan ikkinchi, Seyitniyazova Yasmin Geatrix bilan uchinchi o‘rinni oldi.
110 sm yo‘nalishdagi B toifasida Ismoilov Muryokub Valentino bilan birinchi bo‘ldi. Erkinov Alisher Frenchi bilan ikkinchi, Abdullayev Humoyun United Touch bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
100 sm yo‘nalishdagi C toifasida birinchi o‘rin Xapizov Abubakirga Remteker bilan nasib etdi. Nazarova Sevinch Elis Ji bilan ikkinchi, Shukurov Saidali Kornet BS bilan uchinchi bo‘ldi.
E toifasida 100 sm yo‘nalishda Abdurashidov Shavkat Armani bilan g‘olib chiqdi. U Narletta bilan ikkinchi o‘rinni ham egalladi, Erkinov Alisher Bakarat bilan uchinchi bo‘ldi.
F toifasida boshlang‘ich chavandozlar va boshlang‘ich otlar uchun alohida natijalar qayd etildi. Chavandozlar orasida Olimov Abdug‘affor Sweet Cherry bilan birinchi, Usmonjanov Azizbek Portugaliya bilan ikkinchi, Shermuhammedov Tohirbek Chef Blue bilan uchinchi bo‘ldi.
Boshlang‘ich otlar bahsida Ergashboyev Bekzod Kokos bilan birinchi, Qodirjonov Bohodir Silver Star bilan ikkinchi, Fozilxo‘jayeva Umida Morengo de Bemyut bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Powered by Froala Editor