Apple yangi qurilmalarini taqdim etdi

Texnologiya

Apple kompaniyasi 2024-yilning 20-sentyabridan savdoga chiqadigan bir qator yangi mahsulotlarini e'lon qildi. Ular orasida iPhone 16 liniyasi, Apple Watch Series 10 va AirPods 4 kabi yangi gadjetlar mavjud bo‘lib, texnologiya ixlosmandlari uchun ko‘plab innovatsiyalarni taklif etadi.

Apple yangi qurilmalarini taqdim etdi
Yangi iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max 16 yadroli A18 Pro protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, ular 6,3 va 6,9 dyuymli ekranlarga ega. Kamera tizimi ham sezilarli yaxshilanishlarni o‘z ichiga oladi, jumladan, 48 MP keng burchakli kamera va 5 karra zoom. Ushbu modellarda yangi Action Button tugmasi joriy etilgan bo‘lib, bu telefonni boshqarishni yanada qulaylashtiradi. Narxi mos ravishda $999 va $1199 bo‘ladi.
Shuningdek, iPhone 16 va iPhone 16 Plus ham yangi A18 protsessori bilan ta'minlangan. 6,1 va 6,7 dyuymli ekranlarga ega bu modellarda 48 MP kamera vertikal joylashgan bo‘lib, turli ranglardagi korpuslarda taqdim etiladi. Narxlari esa $799 va $899 qilib belgilangan.Apple Watch Series 10 yangi S10 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, avvalgi modellarga qaraganda 30% katta ekran va 40% yorqinroq displeyga ega. Apple Watch Ultra 2 esa yanada ilg‘or GPS tizimi va avtomatik trening aniqlash funksiyalari bilan ajralib turadi. Ushbu soatlar narxi $399 va $799 bo‘ladi.
Shuningdek, yangi AirPods 4 H2 protsessoriga ega bo‘lib, ovoz sifati yaxshilangani va kichikroq qutiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ular $179 va $129 narxlarda sotuvga chiqadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing