Alisher Usmonov eng boy odamlar ro‘yxatida 122-o‘ringa ko‘tarildi

Dunyo

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Forbes tomonidan tuzilgan dunyoning eng boy odamlari global reytingida 122-o‘rinni egalladi.

Alisher Usmonov eng boy odamlar ro‘yxatida 122-o‘ringa ko‘tarildi
Nashrga koʻra, tadbirkorning boyligi 2022 yilga nisbatan 2,9 milliard dollarga oʻsib, 14,4 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

69 yoshli milliarderning eng yirik xoldingi temir rudasi va po‘lat giganti “Metalloinvest”dir. Shuningdek, u Xitoyning elektronika ishlab chiqaruvchisi Xiaomi va boshqa telekommunikatsiya, konchilik hamda media kompaniyalarida ulushlarga ega.

“U oʻzining ilk boyligini sobiq Sovet Ittifoqida juda kam boʻlgan plastik qoplar ishlab chiqarish orqali topdi, odamlar ularni yuvib, qayta ishlatar edi”, deyiladi Forbes sharhida.

Maʼlumot uchun, Alisher Usmonov 2000-yildan 2014-yilgacha "Gazprom" davlat konglomeratining sho‘ba korxonasi “Gazprom Investxolding”ni boshqargan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing