UzAuto Motors'ning daromadi 43,5 foizga oshdi

Biznes

2023-yilning dastlabki to‘qqiz oyida UzAuto Motors kompaniyasining daromadi 43,5 foizga oshib, 38,1 trillion so‘mni tashkil qildi. Bu haqdagi hisobot kompaniyaning Yagona korporativ axborot portalida e’lon qilindi.

UzAuto Motors'ning daromadi 43,5 foizga oshdi
Qayd etilishicha, zavod tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 22,34 trln so‘mdan 33 trillion so‘mga (+47,7%) oshgan. Natijada yalpi foyda o‘tgan yilga nisbatan 21 foizga (5,1 trln) o‘sgan.

Korxonaning savdo va ma’muriy xarajatlari mos ravishda 31 va 58 foizga oshgan. Boshqa daromad va xarajatlarni hisobga olgan holda kompaniya sof foydasi 5,2 foizga oshib, 1,93 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing