Uzoq umr ko‘rish markazi: Toshkentda keng ko‘lamli “MIYA 360” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston

Toshkent salomatlik va uzoq umr ko‘rish masalalarida rasman Markaziy Osiyoning intellektual xabiga aylandi. Poytaxtda bo‘lib o‘tgan “MIYA 360” xalqaro forumi 700 dan ortiq delegatlarni jamlab, mintaqada preventiv tibbiyot va kognitiv salomatlikni muhokama qilish uchun birinchi keng ko‘lamli platformaga aylandi.

Uzoq umr ko‘rish markazi: Toshkentda keng ko‘lamli “MIYA 360” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega ushbu tadbir Siberian Wellness kompaniyasi hamda PreventMed Ittifoqi hamkorligida tashkil etildi. Forum O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning yetakchi mutaxassislarini birlashtirdi. Ekspertlar e’tibor markazida zamonamizning eng o‘tkir muammolari: stressni boshqarish, miya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va kasalliklarning oldini olish madaniyatini shakllantirish masalalari bo‘ldi.

Forumning muhim voqeasi Central Asia Preventive Medicine Award mukofotining ta’sis etilishi va ilk bor topshirilishi bo‘ldi. Ushbu mukofot mintaqada preventiv yondashuvni rivojlantirishga hissa qo‘shgan mutaxassislarni taqdirlashga qaratilgan. Ishtirokchilar Toshkent bugungi kunda yangi bilimlar infratuzilmasini shakllantirishda drayver bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladilar. Tashkilotchilar “MIYA 360” loyihasini muntazam xalqaro platformaga aylantirish va uning miqyosini butun Markaziy Osiyo bo‘ylab kengaytirishni rejalashtirmoqdalar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing