O'zbekiston gimnastikachilari Italiyadagi Jahon kubogida ishtirok etadi
Sport
21–23-iyun kunlari Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining toʻrtinchi bosqichi boʻlib oʻtadi, deb yozmoqda MOQ matbuot xizmati.
“Ahamiyatlisi, bu joriy mavsumning soʻnggi bosqichi hisoblanib, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari oldidan sportchilarning tayyorgarligini yana bir karra sinovdan oʻtkazish imkoniyatini taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu turnirda yakkalik bahslarida Taxmina Ikromova hamda Anastasiya Saranseva, guruh mashqi dasturida Mumtoza Isʼhoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Musobaqa yakuniga yetgach, jamoa Misrga yoʻl oladi va u yerda ham yana bir startda ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor