Vashington Venesuelani yillar davomida boshqarishi mumkin
Dunyo
AQSh Venesuelani boshqarish va uning ulkan neft zaxiralaridan foydalanishni bir yildan ancha uzoq muddatga rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Venesuela ustidan nazorat qancha davom etishi haqidagi savolga javoban Tramp aniq muddatlarni aytmadi. “Buni vaqt ko‘rsatadi”, — dedi u va gap uzoq davr haqida ketayotganini ta’kidladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Venesuela iqtisodiyotini “foydali usulda” tiklamoqchi va asosiy e’tibor neft qazib olishga qaratiladi. “Biz neftdan foydalanamiz va uni qazib olamiz. Neft narxlarini pasaytiramiz va Venesuelaga zarur bo‘lgan mablag‘larni beramiz”, — dedi u.
Bu bayonotlar Oq uy Venesuela neftining sotilishini noma’lum muddatga nazorat qilish rejasini e’lon qilganidan bir necha soat o‘tib yangradi. Reja AQSh davlat kotibi Marko Rubio taqdim etgan uch bosqichli strategiya doirasida amalga oshiriladi.
Tramp Venesuelaning vaqtincha prezidenti Delsi Rodriges bilan shaxsan gaplashgan-gaplshmaganiga aniqlik kiritmadi, biroq doimiy aloqani Marko Rubio olib borayotganini aytdi. Shuningdek, u mamlakatda saylovlar qachon o‘tkazilishiga oid va’da bermadi.

Powered by Froala Editor