Vladimir Putin va Si Szinpin Xitoy Yangi yili arafasida telefon orqali muloqot qilishdi

Siyosat

Kreml Vladimir Putin va Si Tszinpin o‘rtasidagi suhbat tafsilotlarini ma’lum qildi. Unda Yaqin Sharq, Ukraina va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyat muhokama qilindi.

Vladimir Putin va Si Szinpin Xitoy Yangi yili arafasida telefon orqali muloqot qilishdi
Rossiya prezidenti Tayvan masalasi bo‘yicha o‘zining prinsipial pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlab, “yagona Xitoy” siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Vladimir Putin va Si Szinpin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning jahon munosabatlarida barqarorlashtiruvchi omil sifatida muhimligini qayd etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing