Volkswagen jahon avtomobil sanoati tarixidagi eng yirik ish o‘rinlari qisqartirishiga tayyorlanmoqda
Biznes
Volkswagen o‘n yillik oxirigacha butun dunyo bo‘ylab qariyb 100 mingta ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu konsern xodimlarining qariyb 15 foiziga teng. Rahbariyat va kasaba uyushmalari avval kelishilgan shuncha miqdordagi qisqartirishlarga qo‘shimcha ravishda yana 50 mingta ish o‘rnini qisqartirish bo‘yicha kelishib oldi.
O‘nta brendni birlashtirgan konsern bayonotida «xodimlar sonini iqtisodiy voqelikka izchil ravishda moslashtirish nihoyatda muhim» ekani ta’kidlandi. Qaror kuzatuv kengashi va kasaba uyushmalari tomonidan ma’qullangan keng ko‘lamli restrukturizatsiya dasturining bir qismidir.
Volkswagen bosh direktori Oliver Blume kuzatuv kengashi taqdim etilgan rivojlanish dasturini bir ovozdan ma’qullaganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «Volkswagen konsernining kelajagi uchun kuchli signal».
Qisqartirish ko‘lami avtomobil sanoatidagi avvalgi rekordlardan oshib ketadi. Bungacha eng yirik qisqartirish General Motors tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, kompaniya 1991-yilda 74 mingta ish o‘rnini qisqartirib, Yaponiya raqobatchilariga o‘z mavqeini boy berayotgan bir paytda 21 ta zavodni yopgan. 2009-yilda esa moliyaviy restrukturizatsiya doirasida yana 47 ming xodim butun dunyo bo‘ylab qisqartirilgan.
Volkswagen restrukturizatsiyasi rejasida 2030-yildan keyin Germaniyadagi to‘rtta yirik zavodni yopish ehtimoli ham ko‘zda tutilgan. Avval konsern o‘z vatanidagi korxonalariga nisbatan bunday keskin choralarni qo‘llashdan tiyilgan.
Volkswagenning ahvoliga Donald Tramp tariflari, elektromobillarga talabning beqarorligi va, eng avvalo, Xitoy avtomobil kompaniyalari tomonidan kuchaygan raqobat ta’sir ko‘rsatdi.
Volkswagen asosiy brendidan tashqari guruh tarkibiga Škoda, SEAT va Cupra, premium va lyuks brendlari Audi, Bentley va Lamborghini, Ducati mototsikl ishlab chiqaruvchisi hamda Porsche sport brendi kiradi.

Powered by Froala Editor