Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi Prezidenti Toshkentga kelmoqda
Sport
Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) Prezidenti Muhammad Jalud Toshkentga kelmoqda. Unga Markaziy Osiyo ogʻir atletika milliy federatsiyalarining rahbarlari hamrohlik qiladi, deb xabar bermoqda O’zbekiston MOQ matbuot xizmati.
Rasmiylar ertaga Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida start oladigan U15 yosh toifasida Oʻzbekiston birinchiligi hamda 20-iyun kuni boshlanadigan U17 toifasidagi Markaziy Osiyo ochiq chempionatining faxriy mehmoni boʻlishadi.
Kichik oʻsmirlar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida yurtimizning har bir viloyatidan, xalqaro turnirda esa 5 mamlakatdan 100 nafarga yaqin atlet ishtirok etishi kutilmoqda. Xalqaro musobaqaning ochilish marosimi 21-iyun kuniga belgilangan.

Powered by Froala Editor