Xitoy Yangi yilni kutib oldi
Dunyo
Xitoy va Sharq taqvimiga amal qiluvchi boshqa mamlakatlarda Yangi yil kirib keldi. 2025-yil 29-yanvarda rasman Yog‘och ilon yili boshlanadi va u 2026-yil 16-fevralgacha davom etadi.
Bayram ulkan mushakbozlik, an’anaviy ajdar raqsi va fonar namoyishlari bilan boyidi. Xitoy astrologiyasiga ko‘ra, Ilon yili oqilona qarorlar va moslashuvchanlikka tayyor bo‘lganlar uchun donolik, o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar olib keladi.
Bayram tadbirlari 15 kun davom etadi va bahorning kirib kelishi va yangi hayot davrining boshlanishini anglatuvchi Chiroqlar bayrami bilan yakunlanadi.
Bayram tadbirlari 15 kun davom etadi va bahorning kirib kelishi va yangi hayot davrining boshlanishini anglatuvchi Chiroqlar bayrami bilan yakunlanadi.
Powered by Froala Editor