Xitoy Yer sayyorasini asteroidlardan himoya qilishga kirishdi

Dunyo

Yerga asteroid tushish ehtimoli ortib bormoqda. 2024 YR4 asteroidi hozirda Yevropa va AQSh kosmik agentliklari tomonidan eng xavfli obyektlardan biri sifatida baholandi. BMTning Kosmik Missiyani Rejalashtirish Maslahat Guruhi bu tahdidga qanday javob berish masalasida bosh qotirayotgan bir paytda, Xitoy Yer sayyorasini himoya qilish uchun mutaxassislarni tayyorlashga kirishdi.

Xitoy Yer sayyorasini asteroidlardan himoya qilishga kirishdi
Xitoy 2032-yilda asteroid Yerga tushishi mumkinligi haqidagi xavf tahlillaridan so‘ng, sayyora mudofaa kuchlari uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonini boshladi.

Xitoy hukumati bu haftada WeChat orqali 16 ta yangi ish o‘rinlari e’lon qildi, shulardan uchtasi yangi “sayyora mudofaa kuchlari” uchun ajratilgan. Ushbu lavozimlarga 35 yoshdan kichik, professional va texnik malakaga ega, Kommunistik partiyaga sodiq va Si Jinping mafkurasi bilan uyg‘un bo‘lgan bitiruvchilar murojaat qilishi mumkin.

Ushbu tashabbus Xitoyning Milliy mudofaa uchun fan, texnologiya va sanoat boshqarmasi (SASTIND) tomonidan amalga oshirilmoqda. Ish o‘rinlari asosan aerokosmik muhandislik, xalqaro hamkorlik va asteroidlarni kuzatish yo‘nalishlariga qaratilgan.

SASTIND bu tashabbus aynan 2024 YR4 asteroidi bilan bog‘liq ekanligi haqidagi savollarga izoh bermadi. Biroq, SpaceNews’ning Xitoy aerokosmik sektori bo‘yicha jurnalisti Endryu Jonsning fikricha, bu harakatlar Xitoyning sayyora mudofaa tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing