Xitoyliklar smartfonlar uchun yadro batareyasini ixtiro qildilar

Texnologiya

U mutlaqo xavfsiz va batareyalar sohasida inqilobiy yutuq hisoblanadi. Bu tufayli, smartfonlarni quvvatlantirishga umuman hojat qolmaydi.

Xitoyliklar smartfonlar uchun yadro batareyasini ixtiro qildilar
“Betavolt” kompaniyasi Nikel-63 va olmosli yarimo'tkazgichlardan foydalanadigan va hajmi tangadan ham kichikroq bo’lgan yangi batareya ishlab chiqdi. Uning yordami bilan elektronika qariyb 50 yil davomida zaryadsizlanmaydi. Masalan, dronlar havoda cheksiz osilib turishi mumkin bo’ladi, smartfonlarni quvvatlantirishga hojat qolmaydi.

Takidlanishicha, yadro batareyalarining ajoyib xususiyatlaridan biri bu ularning mutlaq xavfsizligidir. Bunday batareyalar yuqori yoki past haroratlardan umalanib yoki erib ketmaydi va yong'in keltirib chiqarmaydi, xizmat muddati tugagandan so'ng esa ular shunchaki parchalanib ketadi.

“Betavolt” kompaniyasining ta’kidlashicha, mazkur batareya allaqachon to‘liq sinovdan o‘tkazilmoqda va ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing