Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida qatnaşdi

Dunyo

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) Oila va xotin-qizlar masalalari böyiça kengaşining ilk yiğilişida qatnaşdi.

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida qatnaşdi
Oila va xotin-qizlar kengaşi turkiy davlatlar örtasida oila institutini mustahkamlaş, xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş hamda ularning imkoniyatlarini kengaytiriş borasidagi hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida sammit doirasida tuzilgan. Davlat va hukumat rahbarlarining turmuş örtoqlari iştirok etgan Oliy faxriy kengaşning ilk yiğilişi «Hamjihatlikdan institutsional hamkorlik sari: turkiy dunyoda oila va xotin-qizlar» mavzusida bölib ötdi.

Uçraşuvdagi nutqida Ziroat Mirziyoyeva qizlarning zamonaviy ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş va xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarni ilgari surdi. U ayollarning bilimi va mehnatini qadrlaş, oilada özaro hurmat va totuvlikni ta’minlaş jamiyat mustahkamligi uçun muhim ekanini ta’kidladi.

«Ayolning bilimi va mehnati qadrlansa, oilada özaro hurmat va hamjihatlik hukm sursa, butun jamiyat mustahkam böladi», — dedi u.

Birinçi xonim onalik va bolalikni muhofaza qiliş, inklyuziv ta’limni rivojlantiriş hamda yordamga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş böyiça ham takliflarni taqdim etdi. Şuningdek, bolalar va ösmirlar uçun xavfsiz internet muhitini yaratiş masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Nutqi yakunida Ziroat Mirziyoyeva uçraşuvni taşkil etgani uçun Turkiya Birinçi xonimi Emine Erdöğanga minnatdorlik bildirdi. U qabul qilingan qarorlar oilalar farovonligini mustahkamlaş, xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytiriş va bolalar hayotini yaxşilaşga xizmat qilişiga umid bildirdi.

Ilk yiğiliş TDT doirasida hamkorlikning yangi formatidagi işlar boşlanişini anglatadi. Kengaş oila masalalari, ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi iştiroki hamda bolalikni himoya qiliş böyiça tajriba almaşiş va qöşma yondaşuvlarni rivojlantirişga kömaklaşişi kutilmoqda. Bu iştirok TDT kun tartibida oila va xotin-qizlar masalalariga e’tibor qaratilganini körsatadi. Bu masala hamkorlikning muhim yönalişi sifatida qayd etildi, birgalikda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing