Xitoyning DeepSeek ilovasi tufayli, Parijda AI global sammiti boshlandi
Texnologiya
Fransiya poytaxtida sun’iy intellekt bo‘yicha global sammit boshlandi. Dunyoda sun’iy intellektni rivojlantirish, uni Yevropa tomonidan tartibga solish va ochiq texnologiyalar diqqat markazida.
Parijda ikki kunlik AI Action Summit ochildi, unda jahon davlatlari va eng yirik texnologik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida OpenAI rahbari Sem Altman, Google bosh direktori Sundar Pichai, shuningdek, Anthropic, Meta, Nvidia va Mistral AI vakillari bor.
Parijdagi sammitda sun’iy intellektni rivojlantirish salohiyatiga e’tibor qaratildi: tibbiyotdan tortib iqtisodiyotdagi innovatsiyalargacha. Asosiy mavzu - yaqinda Xitoyning DeepSeek kompaniyasining muvaffaqiyati tufayli yuzaga kelgan sun’iy intellektning ochiq modellari. Bundan tashqari, Yevropada sun’iy intellektni tartibga solish, ayniqsa Yevropa Ittifoqining yangi qonunlari doirasida muhokama qilinishi kutilmoqda.
Sammit, shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish markazi maqomini mustahkamlashga intilayotgan Fransiyaning ambitsiyalarini namoyish etish maydoniga aylandi. Prezident Emmanuel Makron o‘tgan yili Parij "sun’iy intellekt shahri"ga aylanishi kerakligini aytgan edi.
Ushbu sammit global texnologiyalar poygasiga nima olib keladi? Yevropa AQSH va Xitoy o‘rtasida o‘z yo‘lini topadimi? Bu savollarga javoblar yaqin ikki kun ichida ma’lum bo‘ladi.

Powered by Froala Editor