Xiva shahrida IHTga a‘zo davlatlar turizm vazirlarining sessiyasi o‘z ishini boshladi

O'zbekiston

Bugun, 31-may kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan navbatdagi nufuzli tadbirlar doirasida Islom hamkorlik tashkilotiga a‘zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda O’zbekiston Turizm qo’mitasining matbuot xizmati.

Xiva shahrida IHTga a‘zo davlatlar turizm vazirlarining sessiyasi o‘z ishini boshladi
Ayni daqiqalarda Xiva shahrida IHTga aʼzo – Turkiya, Senegal, Somali, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Uganda, Ozarbayjon, Bangladesh, Burkina-Faso, Gabon, Misr, Iroq, Liviya, Malayziya, Indoneziya, Singapur, Maldiv orollari, Ummon, BAA va boshqa bir qator mamlakatlarning turizm rasmiylari ishtirokida tashkilotning Turizm bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining majlisi o‘tkazilmoqda.

Unda tashkilot doirasida sayyohlar oqimini oshirish, turizmning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek, to‘siqsiz turizm uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) ga a‘zo davlatlar turizm vazirlarining XI sessiyasida ikki yarim ming yillik tarixga ega qadimiy Xiva shahri 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e‘lon qilingan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing