XOQ Rossiya Olimpiya qo‘mitasining huquqlarini vaqtincha tikladi
Sport
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya Olimpiya qo‘mitasi (ROQ) huquqlarini vaqtincha tikladi hamda xalqaro sport federatsiyalariga rossiyalik sportchilarga nisbatan amaldagi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etdi.
XOQ ma’lum qilishicha, qaror tashkilotning yuridik komissiyasi o‘tkazgan tahlil natijalariga asoslangan. Bunga ROQ Rossiya nazorati ostidagi Ukraina hududlaridagi mintaqaviy sport tashkilotlarini o‘z tarkibidan chiqargani sabab bo‘lgan. Shuningdek, Rossiya tomoni ushbu hududlarda faoliyat yuritmasligini bildirgan.
Shu bilan birga, XOQ Rossiyada o‘z tadbirlarini o‘tkazmasligi va rossiyalik rasmiylarni o‘z homiyligidagi tadbirlarga taklif qilmasligini ta’kidladi.
Qo‘mita rossiyalik sportchilar antidoping talablariga rioya qilgan holda xalqaro musobaqalarda qatnashishi mumkinligini bildirdi. Olimpiya o‘yinlarida Rossiya bayrog‘i, davlat ramzlari va madhiyasidan foydalanish masalasi esa hozircha ochiq qolmoqda.
Mazkur qaror rossiyalik sportchilarning 2028-yil Los-Anjeles Olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. Shu bilan birga, ayrim xalqaro federatsiyalar sportchilarni musobaqalarga qo‘yish masalasini mustaqil hal qilishini ma’lum qilgan.

Powered by Froala Editor