XX Osiyo o‘yinlari: ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha individual finalning kichik doirasi g‘oliblari aniqlandi

Sport

XX Aichi–Nagoya–2026 Osiyo o‘yinlarida konkur bo‘yicha A klass individual finalining kichik turi yakunlandi. Oltin medalni Wathnan Qapella laqabli otda qatnashgan Qatar vakili Faleh Al Ajami qo‘lga kiritdi.

XX Osiyo o‘yinlari: ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha individual finalning kichik doirasi g‘oliblari aniqlandi
Balandligi 1,45–1,50 metr bo‘lgan to‘siqlardan iborat yo‘nalishda sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Ikkinchi o‘rinni Birlashgan Arab Amirliklari vakili Abdulla Al Muhairi Hudson de Vains laqabli ot bilan egalladi. Saudiya Arabistoni vakili Khaled Almobty esa Diana du Plevau Z laqabli ot bilan uchinchi bo‘ldi.

Hal qiluvchi qayta sakrashda Faleh Al Ajami Wathnan Qapella bilan yo‘nalishni 40,88 soniyada bosib o‘tdi va Qatar uchun oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, individual finalning kichik turida Qatar, BAA va Saudiya Arabistoni vakillari kuchli uchlikdan joy oldi. Hal qiluvchi qayta sakrashdagi eng yaxshi natija Qatar vakiliga g‘alabani taqdim etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing