Yangi “Alaskapox” virusidan birinchi odam vafot etdi

Dunyo

“Alyaskapox” deb nomlangan yangi virusdan birinchi o'lim AQShning Kenay yarim orolida qayd etildi. O'rmon hududida yashovchi bir kishi ushbu xavfli kasallikning qurboni bo'ldi. Alyaska Sog'liqni saqlash departamenti ma'lumotlariga ko'ra, bemor saraton kasalligi bilan kurashgan, bu uning immunitetini zaiflashtirgan va infeksiya xavfini oshirgan.

Yangi “Alaskapox” virusidan birinchi odam vafot etdi
“Unga saraton tashxisi qo'yilgan edi, bu esa immunitetning zaiflashishiga olib kelgan”, — deyiladi rasmiy bayonotda.

Bu odam ko'pincha uysiz mushuk bilan aloqa qilgan, mushuk esa uni tez-tez tirnagan va mayda sutemizuvchilarni ovlagan. Bu kasallanishning sabablaridan biri sifatida keltirilmoqda. Olimlar virus hayvonlar orqali, ayniqsa ular tashuvchi bo‘lsa, yuqishi mumkinligini tasdiqlamoqdalar. Avvalroq Ferbenks hududida “Alyaskapox” infeksiyasining oltita holati qayd etilgan edi va ularning barchasi hayvonlar bilan aloqa qilish tufayli kelib chiqqan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing