Yangi hamkorlik kelishuvlari: "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rahbariyatining Xitoyga tashrifi

O'zbekiston

2024-yilning 14-15-dekabr kunlari "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.Raxmetov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurib, temir yo‘l sohasida strategik ahamiyatga ega bir qator muzokaralar olib bordi.

Yangi hamkorlik kelishuvlari: "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rahbariyatining Xitoyga tashrifi
X.Raxmetov ilk bor Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi "China Railway Urumqi Bureau Group" rahbari Go Szyan bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yuk tashish ko‘lamini oshirish va multimodal transport tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Raxmetov shuningdek, Lanyungan shahrida joylashgan "Lanyungan port kompaniyalari guruhi" MCHJ partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari va port prezidenti Van Guochao bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida konteynerli blok-poyezdlarni shakllantirish, yuk aylanmasini jadallashtirish va logistika tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.

Muzokaralar natijasida:

Tomonlar o‘z hududlarida konteyner poyezdlari va vagonlar qatnovini jadallashtirish maqsadida muntazam uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar.

"China Railway Urumqi Bureau Group" va "Lanyungan port kompaniyalari guruhi" MCHJ o‘rtasida yuk tashish hajmini oshirish uchun hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Bu kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi yuk tashish hajmini sezilarli ravishda oshirish va savdo aloqalarini yanada rivojlantirish uchun muhim poydevor yaratadi. Muntazam uchrashuvlar orqali logistika tizimi optimallashtiriladi, bu esa O‘zbekistonning xalqaro transport koridoridagi ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning bu tashrifi Xitoy bilan transport va logistika sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichiga asos solishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing