Yangilangan WBA reytingidan 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi joy oldi
Sport
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda 6 nafar o‘zbekistonlik bokschi o'z o'rinlarini yana bir bor egalladilar. Bu haqida O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonlik bokschilar reytingida katta o‘zgarishlar kuzatilmadi. Faqatgina Hasanboy Do‘smatov bir pog‘ona pastga tushgan. Yangilangan WBA reytingi:
Hasanboy Do‘smatov (minimal vazn) – 2-o‘rin (avval 1-o‘rinda edi);
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarimengil vazn) – vaqtinchalik chempion;
Otabek Xolmatov (yarimengil vazn) – 4-o‘rin (o‘tgan oydagi kabi);
Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) – 1-o‘rin (o‘z o‘rnini saqlab qoldi);
Isroil Madrimov (super yarimo‘rta vazn) – 4-o‘rin (avvalgi o‘rnida qoldi);
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) – 3-o‘rin (o‘tgan oyda ham shu o‘rinda edi).
Ma'lumot o'rnida, Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik raqibi Naoya Inoue jangda yutsa, mutloq chempion bo'ladi. Yaponiyalik Naoya Inoue esa hozircha jangdan qochmoqda. Ahmadaliyev bir necha marotaba raqibini jangga chorlagan.
U 31-yanvar kungi intervyusida, "Mening Inouega qarshi jangimdan yaxshiroq bahs yo‘q. Bizga doimo "keyingi safar, keyingi safar" deyishlariga chidab bo‘lmaydi. Agar shunday davom etaversa, Inoue WBA kamaridan voz kechishi kerak bo‘ladi", dedi Ahmadaliyev.

Powered by Froala Editor