Yaponiya tarixida birinchi marta ayol kishi admiral unvonini oldi

Dunyo

57 yoshli Natsue Kondo ilgari vitse-admiral unvoniga ega bo'lib, katta dengiz qo'mondonlik xodimlarini tayyorlash maktabini boshqargan.

Yaponiya tarixida birinchi marta ayol kishi admiral unvonini oldi
Yaponiya Mudofaa vazirligi mamlakat tarixida birinchi marta ayol kishiga oliy admiral unvonini berishga qaror qildi. Ushbu unvon 57 yoshli Natsue Kondoga berildi. U ilgari vitse-admiral unvoniga ega bo'lib, katta dengiz qo'mondonlik xodimlarini tayyorlash maktabini boshqargan.

“U endi Yaponiya qirg‘oq mudofaa kuchlari qo‘mondoni bo‘ladi”, dedi vazirlik.

Qayd etilishicha, mamlakat quruqlik va havo kuchlarida ham ayollar hech qachon generalning eng yuqori unvonini olmagan.

Ayni paytda Yaponiya Mudofaa vazirligi qurolli kuchlarda qo‘mondonlik lavozimlarida ayollar sonini ko‘paytirish dasturini amalga oshirmoqda. 2025-yilga kelib, ular mayor va undan yuqori darajalardagi ofitserlar va generallarning kamida 5 foizini tashkil qilishi kerakligi aytilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing