Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo’ldi

Dunyo

Yaponiyaning Ishikava viloyatida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat Milliy meteorologiya boshqarmasi.

Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo’ldi
Maʼlumotlarga koʻra, zilzila markazi Noto yarimoroli hududida joylashgan boʻlib, uning oʻchogʻi 10 kilometr chuqurlikda boʻlgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Sunami xavfi haqida ogohlantirish berilgan bo‘lsa-da, zilziladan ko‘p o‘tmay, u bekor qilindi. Shunisi e'tiborga loyiqki, birinchi zilziladan 10 daqiqa o'tgach, xuddi shu hududda yana bir zilzila sodir bo'ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-yanvar kuni Yaponiyaning yarimoroli hududida 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Bu Yapon dengizida 1983-yildan beri sodir bo‘lgan eng kuchli zilzilaga aylandi. Ishikava viloyati ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 202 nafarga yetgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing