Yengil atletikachimiz Vengriyadagi turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sport

Hamyurtimiz Anvar Anvarov Vengriyadagi Gyulai István Memorial xalqaro turnirida uzunlikka sakrashda 8,02 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi va faqatgina gretsiyalik Miltiadis Tentoglou (8,23 metr) va italiyalik Mattia Furlaniga (8,08 metr) imkoniyatni boy berdi.

Yengil atletikachimiz Vengriyadagi turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi
Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika boʻyicha Gyulai István Memorial xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Butunjahon yengil atletika federatsiyasining oltin darajasiga kiruvchi mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov ham ishtirok etib, bronza medaliga sazovor boʻldi.

Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz kuchli raqobat ostida kechgan bahslarda 8.02 metr natija koʻrsatdi.

Oltin medal Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni gretsiyalik Miltiadis Tentogluga nasib etgan boʻlsa, italiyalik Mattia Furlani kumush medalga egalik qildi.

Miltiadis Tentoglu (Gretsiya) – 8.23 metr

Mattia Furlani (Italiya) – 8.08

Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) – 8.02

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing