Yer aholisi imkoniyatidan uch baravar oshib ketdi, olimlar ogohlantirmoqda
Dunyo
Insoniyat “suv bankrotligi” va ekologik tanqislik voqeligi bilan yuzma-yuz keldi. Kori Bredshou jamoasining yangi tadqiqotiga ko‘ra, Yer yuzining hozirgi 8,3 milliardlik aholisi tabiatga qaytarib bo‘lmas zarar yetkazmasdan sayyora ko‘tara oladigan barqaror me’yordan uch baravar ko‘proqdir.
Olimlar Yerning “o‘tkazuvchanlik qobiliyati” tushunchasini kiritdilar — bu ekotizimlarni vayron qilmasdan sayyorada cheksiz uzoq vaqt yashashi mumkin bo‘lgan odamlar sonidir. Optimal chegara atigi 2,5 milliard kishini tashkil etadi. Hozirgi demografik “pufak” faqat qazilma yoqilg‘ilarni yoqish hisobiga ushlab turilibdi, bu vaqtincha resurslarni kengaytirsa-da, shu bilan birga iqlim kollapsiga olib kelmoqda. Ikki asrlik ma’lumotlarni qamrab olgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki: agar tendensiya o‘zgarmasa, 2070-yillarga kelib aholi soni 12 milliardga yetadi — bu sayyora bardosh bera olmaydigan mutlaq jismoniy maksimal nuqtadir.
“Me’yordan oshish” oqibatlari bugun allaqachon sezilmoqda. 2026-yil boshida BMT rasman jahon miqyosida chuchuk suv taqchilligini e’lon qildi. Hayvonot olami makon va oziq-ovqat uchun kurashda insonga yutkazib, shiddat bilan kamayib bormoqda. Bredshouning so‘zlariga ko‘ra, aholi o‘sish faktining iqtisodga ta’siri bugungi kunda har bir alohida shaxsning iste’mol darajasidan ko‘ra muhimroqdir. Global beqarorlikning oldini olish uchun energiya va yerdan foydalanishning yangi modellariga shoshilinch o‘tish, qisqa muddatli xavfli yechimlarni barqaror va insonparvar mexanizmlar bilan almashtirish zarur.

Powered by Froala Editor