Yerdan 124 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan ekzosayyorada hayot belgilari topilgan

Dunyo

Astronomlar K2-18b ekzosayyorasida - Asad yulduz turkumidagi qizil karlik atrofida aylanuvchi suv dunyosida hayotning mumkin bo‘lgan izlarini qayd etishdi. Yerdan 124 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan sayyora Jeyms Uebb kosmik teleskopi yordamida o‘rganildi.

Yerdan 124 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan ekzosayyorada hayot belgilari topilgan
K2-18b atmosferasida biomarkerlar - kimyoviy birikmalar topilgan bo‘lib, ular odatda Yerda tirik organizmlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bu Quyosh tizimidan tashqarida potensial yashash mumkin bo‘lgan obyekt sifatida ekzosayyoraga bo‘lgan qiziqishni oshirdi.

Kattaligi jihatidan K2-18b Yerdan ikki marta katta. Uning orbitasi atigi 33 Yer kuni bo‘lib, sayyorani kuzatish juda qulay. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha: keyingi kuzatuvlar biologik jarayonlarning mavjudligini tasdiqlashi va ilm-fanni sayyoramizdan tashqarida hayot mavjudligini tushunishga yaqinlashtirishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing