Yerevanda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha aniq harakatlarga o‘tish deklaratsiyasi qabul qilindi
Dunyo
Davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari biologik xilma-xillikni himoya qilish, ekotizimlarni tiklash va tabiatni muhofaza qilish uchun moliyalashtirishni kengaytirish choralarini jadallashtirishga chaqirdi. 15–16-oktabr kunlari Yerevanda, COP17 oldidan o‘tkazilgan Leaders for Nature sammiti yakunida “Taking Action for Nature” nomli Yerevan deklaratsiyasi qabul qilindi.
Sammitda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston va Eron rahbarlari, Gruziya bosh vaziri, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. Asosiy mavzu xalqaro majburiyatlardan aniq va o‘lchanadigan natijalarga o‘tish bo‘ldi.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev noyob turlar va biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha xalqaro fond tashkil etish, BMT tizimida Xalqaro suv tashkilotini tuzish va Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya kotibiyatining mintaqaviy ofisini Olmaotada joylashtirishni taklif qildi. Uning ma’lum qilishicha, Qozog‘istonda sayg‘oqlar soni 4,7 millionga, qor qoplonlari soni esa qariyb 190 taga yetgan. Toqayev Kaspiy tyulenini himoya qilishni kuchaytirish va ekologik monitoringda sun’iy intellektdan foydalanishga ham chaqirdi.
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Issiqko‘lni saqlash uchun BMT shafeligida trast fondi tashkil etishni taklif qilib, mamlakat dastlabki 10 million dollar ajratishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, Global ekologik fond doirasida maxsus tog‘ dasturini ishlab chiqish va Bishkekda Tog‘li hududlar barqarorligi global markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon biologik xilma-xillikni saqlash, noyob turlar monitoringini takomillashtirish va suv hamda iqlim masalalarida xalqaro muvofiqlashtirish muhimligini ta’kidladi. U muzliklarni saqlash bo‘yicha tashabbuslarni eslatib, 2028-yilda Dushanbeda BMTning Suv resurslari bo‘yicha konferensiyasi o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish, Kaspiy va Orol dengizlarini himoya qilish, BMT va UNESCO bilan hamkorlik hamda rivojlanayotgan mamlakatlarning ekologik moliyalashtirish va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgiladi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan tabiatni muhofaza qilish mahalliy aholiga ham foyda keltirishi kerakligini aytdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa siyosiy iroda va moliyalashtirishni kuchaytirishga chaqirdi.
Yerevan deklaratsiyasi Kunmin–Monreal global biologik xilma-xillik dasturiga sodiqlikni tasdiqlaydi. Uning maqsadi 2030-yilgacha biologik xilma-xillik yo‘qolishini to‘xtatish va ortga qaytarish, 2050-yilgacha esa inson va tabiat uyg‘unligiga erishishdir. Hujjat ekotizimlarni tiklash, ilmiy monitoring, texnologiyalardan mas’uliyatli foydalanish, moliyalashtirishni oshirish va mahalliy hamjamiyatlar ishtirokini kengaytirishni nazarda tutadi.

Powered by Froala Editor