Yevrosiyoning raqamli markazi: Samarqandda M360 texnologik forumi ochildi
Texnologiya
Bu yerda mobil industriya global yetakchilari, investorlar va vazirlarni jamlagan eng yirik xalqaro "M360 Eurasia 2026" forumi start oldi. Ikki kun davomida ishtirokchilar bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt hamda sun’iy yo‘ldosh orqali ekologik monitoring butun Yevrosiyo mintaqasida kundalik hayot va davlat xizmatlarini qanday o‘zgartirishini belgilab olishadi.
20–21-may kunlari Samarqandda mobil industriya va raqamli texnologiyalar sohasidagi asosiy maydon hisoblangan "M360 Eurasia 2026" xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, VEON Group (Kaan Terzioglu) va Beeline Uzbekistan (Evgeniy Nastradin) rahbariyati, shuningdek, GSMA hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqi vakillarini birlashtirdi. Diqqat markazida — sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, raqamli infratuzilma va davlat xizmatlarini avtomatlashtirish masalalari turibdi. 21-may kuni forum doirasida xakatgonga start beriladi, unda dasturchilar Markaziy Osiyoda yashil energetika, suv ta’minoti va iqlim monitoringi uchun dronlar, yo‘ldoshlar hamda GIS texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha loyihalarini taqdim etadilar.
Powered by Froala Editor