YeXHT “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb tan oldi
Dunyo
“Vagner” xususiy harbiy shirkatni terrorchi tashkilot deb tan olgan rezolyutsiya 4-iyul kuni Vankuverda YeXHTning 30-yillik sessiyasi yakunida qabul qilingan.
Kecha, 4-iyul kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Parlament assambleyasi Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy shirkatini terrorchi tashkilot deb tan olgan rezolyutsiyani qabul qildi.
“YeXHT Parlament Assambleyasi “Vagner” guruhining xatti-harakatlari tabiatan va niyatiga koʻra haqli ravishda terrorchilik deb taʼriflanishi mumkinligini va shuning uchun milliy hokimiyat organlari tomonidan “Vagner” guruhini terrorchi tashkilot deb belgilashni asosli deb hisoblaydi”, deyiladi deklaratsiyada.
Mazkur rezolyutsiya 4-iyul kuni Vankuverda tashkilotning 30-yillik sessiyasi yakunida qabul qilingan.
Ushbu hujjatda ta'kidlanishicha, “Vagner” guruhining faoliyati terroristik xususiyatga ega, chunki ular siyosiy maqsadlarga erishish uchun jangovar bo'lmagan shaxslarga nisbatan qasddan zo'ravonlik qilish bilan tavsiflanadi.
Shuningdek, YeXHT bir qator milliy parlamentlar, xususan, Ukraina, Litva, Latviya, Estoniya, Fransiya, Kanada, Belgiya va AQSH qonun chiqaruvchi organlari tomonidan “Vagner”ning terroristik harakatlariga qarshi qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishladi.

Powered by Froala Editor