YTHlar bilan kurashishga qaratilgan milliy dastur — “Xavfsiz yo‘l” ishga tushirildi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz yo‘l” nomli milliy dastur boshlanganini e’lon qildi. Mazkur tashabbus yo‘l infratuzilmasini tubdan yaxshilash va avariyalar sonini kamaytirishga qaratilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mahalliy hokimliklar va Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari hamkorlikda ishlayotgan hududlarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Masalan, Chust tumanidan o‘tgan D-105 Farg‘ona halqa yo‘lining 6 kilometrlik qismiga himoya to‘siqlari o‘rnatilgach, 2025 yilda birorta ham o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lmadi. Ilgari bu yo‘lda har yili 10 nafar odam hayotdan ko‘z yumardi.
Respublika va xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari holatini o‘rganish natijasida 1557 km himoya to‘siqlari, 967 km piyodalar yo‘lakchasi va 38 mingdan ortiq yo‘l belgilarining yetishmasligi aniqlandi.
Dastur doirasida “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” Respublika jamg‘armasi qayta tashkil etilib, hukumat tasarrufiga o‘tkaziladi. Har bir viloyatda jamg‘armaning alohida filiallari faoliyat yuritadi. 2025 yilda jamg‘armaga barcha manbalar hisobidan 400 milliard so‘m tushishi rejalashtirilgan. Shuningdek, radarlar orqali aniqlangan YHQ buzilishlari uchun jarimalarning 25 foizi ham jamg‘arma va uning hududiy filiallariga yo‘naltiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari eng xavfli yo‘l uchastkalarini tartibga solishga yo‘naltiriladi: ajratuvchi to‘siqlar, svetoforlar, yo‘l belgilarini o‘rnatish, yoritish tizimlari, piyodalar yo‘laklarini tashkil etish va chorrahalarni raqamlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Mablag‘lar sarfi ustidan jamoatchilik, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va yo‘l boshqarmalari rahbarlari tomonidan nazorat o‘rnatiladi.

Powered by Froala Editor