YuNESKO Butunjahon turkiy tillar kunini ta’sis etdi
Dunyo
YuNESKO 15-dekabr sanasini Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qildi. Ushbu xalqaro sana ilk bor joriy yilda nishonlanadi. Qaror tashkilotning noyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Bosh konferensiyasida qabul qilindi.
Sana ramziy ma’noga ega. 1893-yil 15-dekabrda daniyalik tilshunos Vilgelm Tomsen Orxon bitiklarini muvaffaqiyatli o‘qib chiqqanini e’lon qilgan edi. Ushbu yodgorliklar turkiy xalqlarning eng qadimgi yozma manbalaridan biri bo‘lib, turkiy tillarning ming yillik tarixga ega ekanini tasdiqlaydi.
Butunjahon turkiy tillar kunini ta’sis etish tashabbusi Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan ilgari surildi. Tashabbus 21 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Mazkur xalqaro kunning asosiy maqsadi — tilshunoslik tadqiqotlari, ta’lim va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, xalqlar o‘rtasida madaniy muloqot va o‘zaro tushunishni rivojlantirishdan iborat.

Powered by Froala Editor