Yuzlab hindlar "Tramp dasturi" qurboni bo‘ldi
Dunyo
Hindistonning Karnataka shtatida ikki yuzdan ortiq kishi soxta investitsiya dasturini targ‘ib qilish uchun AQSH prezidenti Donald Trampning qiyofasidan foydalangan firibgarlarning qurboni bo‘lganliklari haqida kiberpolitsiyaga shikoyat qildi. Zarar yuz minglab dollarga baholanmoqda.
The Times of India nashrining kiberpolitsiya ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Karnataka shtatida so‘nggi 5-6 oy ichida 200 ga yaqin kishi AQSH prezidenti Donald Trampning sun’iy yaratilgan tasvirlari va videolaridan foydalangan firibgarlarning qurboniga aylangan.
"Karnatakada 200 ga yaqin foydalanuvchi "Trump Hotel Rental" nomli ilovaga mablag‘ kiritgani va jami 20 million rupiy (taxminan 234 ming AQSH dollari) dan mahrum bo‘lganini ma’lum qildi," - deyiladi nashr xabarida.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlar foydalanuvchilarni qisqa vaqt ichida 100 foiz va undan ham ko‘proq foyda olish bahonasida pul tikishga ko‘ndirgan. Ilova go‘yoki Amerika yetakchisi nomi bilan bog‘liq investitsiya platformasi edi.
Qayd etilishicha, 800 dan ortiq odam aldangan bo‘lishi mumkin, biroq rasmiy shikoyat berganlar sanoqli. Jabrlanganlarning ba’zilari bir million rupiy (taxminan 11,7 ming AQSH dollari) gacha mablag‘dan mahrum bo‘lgan.
Tergov davom etmoqda. Huquq-tartibot idoralari jinoyatchilarning shaxsi va soxta kontentning tarqalish ko‘lamini aniqlamoqda.

Powered by Froala Editor