Zafar Hoshimov "Savdo va servis" uyushmasi rahbari etib tayinlandi

O'zbekiston

O‘zbekistonlik taniqli tadbirkor, Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov "Savdo va servis" uyushmasi raisi etib tayinlandi. Uyushma O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda ish olib boradi.

Zafar Hoshimov "Savdo va servis" uyushmasi rahbari etib tayinlandi
Yangi struktura tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlari yaratish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bilan shug‘ullanadi.

Birlashmani tashkil etish to‘g‘risidagi qaror prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 7-fevral kuni hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qo‘llab-quvvatlandi. Hoshimovning ushbu lavozimga tayinlanishi Savdo-sanoat palatasi tavsiyasiga ko‘ra uyushma ta’sischilari tomonidan tasdiqlangan.

Zafar Hoshimov - O‘zbekistonning eng taniqli biznesmenlaridan biri, Korzinka.uz, RedTag kiyim do‘konlari tarmog‘i, FLO poyabzal do‘konlari va City Taxi taksi xizmatini birlashtirgan Anglesey Food kompaniyasi egasi.Endi uning tajribasi va tashabbuslari mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing