Zelenskiy AQShning Donbass bo‘yicha shartlarini rad etdi

Dunyo

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh tomonidan taklif etilgan — Donbassdan chiqish evaziga xavfsizlik kafolatlari olish g‘oyasini xavfli va qabul qilib bo‘lmaydigan deb atadi.

Zelenskiy AQShning Donbass bo‘yicha shartlarini rad etdi
Vladimir Zelenskiy Reutersga bergan intervyusida Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadan Donbassning nazorat qilinayotgan hududlaridan qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ssenariy Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muloqotda shakllanmoqda: Ukraina hududdan chiqadi, evaziga xavfsizlik kafolatlarini oladi va urush yakunlanadi.

Zelenskiy bu qarorni siyosiy va axloqiy jihatdan noto‘g‘ri, shuningdek, mamlakat mudofaa qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazuvchi deb baholadi, chunki bu sharqiy hududlardagi himoya chiziqlarini zaiflashtiradi.

U, shuningdek, bunday qadam Ukraina, Yevropa va hatto AQSh uchun ham xavf tug‘dirishini ta’kidladi.

Muqobil sifatida u barcha tomonlar ishtirokida yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Uning fikricha, asosiy masalalar — hududlar va xavfsizlik kafolatlari bo‘lib, vositachilik imkoniyatlari AQSh qo‘lida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing