Zelenskiy: energetik sulh Truth Social’da emas, real hayotda amal qilishi kerak
Dunyo
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev Rossiya bilan energetik sulhni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini, biroq aniq shartlar belgilanishi va tomonlar ularni teng ravishda bajarishi zarurligini bildirdi. U bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp Truth Social’da Moskva va Kiyev go‘yoki kelishuvga erishganini e’lon qilganidan keyin Varshava xavfsizlik forumida so‘zladi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina kelishuv muhokamasida qatnashmagan va bu haqda OAV orqali xabar topgan. Kiyev hozir Vashington va Moskvadan batafsil tushuntirish kutmoqda. Ukraina rahbari, shuningdek, nutqidan oldingi tunda Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba bermaganini aytdi.
Ukraina Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatish evaziga Moskva Ukraina elektr energetikasi obyektlariga zarba bermasligini taklif qilmoqda. BBC’ning Ukraina hukumati doiralaridagi manbalariga ko‘ra, Rossiya shikastlangan yagona Ukraina neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilmasligi, Ukraina esa Rossiyadagi o‘nlab zavodlarga zarba bermasligi haqidagi modelni amalga oshirish ehtimoli past.
Avvalroq Tramp energetik sulh darhol kuchga kirishini aytgan, biroq uning shartlarini ochiqlamagan edi. Keyinchalik Oq uy vakili Axios nashriga bu bayonot neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha ehtimoliy kelishuvga taalluqli bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu keyinchalik energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha kengroq kelishuvga olib kelishi mumkin.
Dushanba kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu masala yuzasidan aloqalar davom etayotganini, ammo muzokaralar aynan kimlar o‘rtasida olib borilayotganini aniqlashtirmasligini aytdi. U Moskva qisqa muddatli sulhdan ko‘ra uzoq muddatli tinchlikni afzal ko‘rishini yana bir bor ta’kidladi.
Energetik sulh bo‘yicha kelishmovchiliklar davom etayotgan bir paytda Zelenskiy Trampning Ukrainada saylov o‘tkazish haqidagi chaqirig‘iga ham javob berdi. Uning aytishicha, Rossiya 60 kunlik to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, Kiyev saylovlarni tashkil etishga tayyor.
«Bizga shunchaki Truth Social’da emas, real hayotda amal qiladigan energetik sulh kerak», — dedi Zelenskiy Varshavadagi nutqi yakunida.

Powered by Froala Editor