Zelenskiy: Sholsning Putinga qo‘ng‘irog‘i - Pandora qutisi
Siyosat
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Sholsning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng bo‘lib o‘tgan telefon muloqotini tanqid qildi. U bu qo‘ng‘iroq Rossiyaning izolyatsiyasini zaiflashtirishi mumkinligini ta’kidladi.
Zelenskiy Shols bilan uchrashuvda ushbu reja haqida xabardor bo‘lganini tasdiqladi. U qo‘ng‘iroqni "Pandora qutisi" deb atab, bu turdagi muloqotlar Rossiyaning siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan, o‘z strategiyasini davom ettirishiga yo‘l ochishini aytdi.
Shols Putinga urushni to‘xtatish va qo‘shinlarni Ukraina hududidan olib chiqishni talab qildi. Shu bilan birga, u Ukrainaga yordamni davom ettirish bo‘yicha Berlinning qat’iy pozitsiyasini takrorladi. Putin esa har qanday tinchlik bitimida "Rossiyaning xavfsizlik talablari" va "hududiy yutuqlarini" tan olish kerakligini bildirdi.
Bu qo‘ng‘iroq AQShda yangi prezident Donalьd Trampning saylanishi va uning Ukrainaga bo‘lgan siyosati bo‘yicha noaniqliklar fonida bo‘lib o‘tdi. Tramp Ukraina yordamlarini qisqartirish va urushni tezda tugatishni maqsad qilganini bildirgan. Shu bilan birga, Germaniyada kutilayotgan siyosiy o‘zgarishlar yangi kansler saylanishi ehtimolini oshirmoqda.

Powered by Froala Editor