1-martdan davlat organlari veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi

O'zbekiston

1-martdan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Bundan ko’zlangan maqsad, davlat organlarining axborot xavfsizligi, dolzarbligi va shaffofligini ta’minlashdan iborat. Yangi qarorga ko‘ra, davlat organlari o‘z veb-saytlarini bir oy ichida yagona platformaga ko‘chirishga majbur.

1-martdan davlat organlari veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi 2023 yildan ishga tushgan va «Yagona darcha» tamoyiliga asoslangan. Yagona platforma operatori sifatida «Uzinfocom» belgilangan bo‘lib, uning vazifasi veb-saytlarni texnik qo‘llab-quvvatlash va kiberxavfsizlikni ta’minlashdir. Davlat organlari rahbarlari esa o‘z tuzilmasi uchun rasmiy veb-saytlarning yagona platformada yuritilishini ta'minlaydi.

Ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib, mamlakatning huquqiy talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Davlat organlari va tashkilotlar axborotni o‘z vaqtida taqdim etish va ro‘yxatga olish uchun platforma operatori bilan shartnomalar tuzadi. Axborotning xavfsizligiga alohida e’tibor qaratiladi va har olti oyda kiberxavfsizlik holati tekshiriladi.

Yagona platforma orqali davlat organlarining veb-saytlari yanada yangilangan va qonuniy bo‘lgan axborot taqdim etilishi ta’minlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing