1-maydan elektr energiyasi uchun yangi tariflar kuchga kiradi
O'zbekiston
2025-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda elektr energiyasidan foydalanish bo‘yicha yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqida Energetika vazirligi rasmiy kanali orqali ma’lum qilindi. Hukumat qaroriga binoan, aholi uchun differensiallashgan tarif tizimiga o‘zgartishlar kiritilib, yangi qulay to‘lov oralig‘i belgilandi.
Yangi tartibga ko‘ra, 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha bo‘lgan miqdor oralig‘i uchun har bir kilovatt soat elektr energiyasi narxi 800 so‘m etib belgilandi. Ilgari esa 201 kVt soatdan 1000 kVt soatgacha bo‘lgan iste’mol uchun tarif 900 so‘m bo‘lgan. Bu o‘zgarish orqali o‘rtacha iste’molchilarning to‘lov yukini yengillashtirish maqsad qilingan.
Shuningdek, qaror bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan boshlab bir marotaba indeksatsiya qilinadi. Bu indeksatsiya yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda, 10 foizdan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor