Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar

Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik va boshqa ustuvor sohalardagi islohotlarni kuchaytirishga e’tibor qaratgan holda Prezident Administratsiyasida bir qator kadrlar almashinuvini tasdiqladi.

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar
Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq:

Hilola Umarova Ta’lim tizimini isloh qilish administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.

Tamila Aliyeva Administratsiya rahbarining sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Timur Butunbayev Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan Administratsiya rahbarining suv ta’minoti masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tdi.

Nodira Hakimova Adminstratsiya rahbarining sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Ozodzoda Administratsiya rahbari o‘rinbosari maqomida tadbirkorlik loyihalariga mas’ul bo‘ladi. Ilgari u iqtisodiy tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Dilnoza Ziyamuhamedova Administratsiya rahbari kotibiyati mudiri bo‘ldi. Bungacha u Prezident yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.

Ushbu tayinlovlar islohotlarga tizimli yondashuv va asosiy tarmoqlarda loyiha boshqaruvini kuchaytirishga qaratilgan yangi e’tiborni aks ettiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing