Prezident Administratsiyasida muhim tayinlovlar

Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasida keng koʻlamli kadrlar oʻzgarishlari amalga oshirildi. Huquqiy ekspertiza, jamoat xavfsizligi, kommunikatsiyalar, raqamlashtirish va boshqa muhim yoʻnalishlarga mas’ul departamentlarga yangi rahbarlar tayinlandi. Ushbu oʻzgarishlar davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va islohotlarni jadallashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Prezident Administratsiyasida muhim tayinlovlar
Prezident farmoniga binoan:

Alisher Samadov — Prezident Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Prezidentning huquqiy ekspertiza va tahlil masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari edi.

Doniyor Qodirov — Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departament rahbari boʻldi. Ilgari Prezidentning huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maslahatchisi edi.

Gayane Umerova — Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamentni boshqaradi. Avvalroq u Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbar oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Sherzod Asadov — Prezidentning matbuot kotibi sifatida Prezident Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.

Nodirjon Abdurahimov — Yigʻilishlar va hududlarga tashriflar uchun analitik kontent tayyorlash boʻyicha departamentga rahbar etib tayinlandi.

Bobur Xoʻjayev — Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt masalalari boʻyicha departament rahbari boʻldi.

Zilemxon Haydarov — Prezident Administratsiyasining Ishlar boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Moliyaviy-xoʻjalik departamentiga rahbarlik qilgan.

Ella Jaxangirova — Tadbirlarni tashkil etish boʻyicha departament rahbari etib tayinlandi. U ilgari Prezident protokoli rahbarining oʻrinbosari edi.

Ushbu tayinlovlar Prezident Administratsiyasi tarkibidagi boshqaruv salohiyatini kuchaytirishga va islohotlar samaradorligini ta'minlashga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing