1 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar turistik maqsadda chet elga chiqqan

O'zbekiston

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga turistik maqsadlarda chiqish soni sezilarli darajada oshdi. Jami 1 032,2 ming nafar o‘zbekistonlik xorijga safar qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 182,2 ming nafarga yoki 21,4 % ga ko‘pdir.

1 milliondan ortiq o‘zbekistonliklar turistik maqsadda chet elga chiqqan
O‘zbekistonliklarning xorijga chiqishining ortishi so‘nggi yillarda turizm sanoatining rivojlanishi, viza rejimining soddalashtirilishi ham xalqaro sayohatlarning ko‘payishiga turtki bo‘ldi.

O‘zbekistonliklarning eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlari:

Qirg‘iz Respublikasi – 422 572 nafar

Tojikiston – 193 348 nafar

Qozog‘iston – 154 716 nafar

Saudiya Arabistoni – 81 173 nafar

Rossiya – 48 029 nafar

Turkiya – 33 039 nafar

BAA – 31 787 nafar

Misr – 11 078 nafar

Tailand – 10 803 nafar

Vetnam – 7 876 nafar

Boshqa davlatlar – 37 740 nafar

Yuqoridagi raqamlar O‘zbekiston fuqarolarining sayohat qilish tendensiyalarini aks ettirib, mintaqaviy va global miqyosda qaysi yo‘nalishlarga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi. Eng ko‘p tashrif buyurilgan davlatlar orasida qo‘shni mamlakatlar yetakchilik qilayotgani e’tiborga molik. Shu bilan birga, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropaga bo‘lgan turistik oqim ham ortib bormoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing