Rossiyada ota-onasiz qolgan 21 nafar o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi
O'zbekiston
Rossiya Federatsiyasidagi hamda Qozog‘istondagi O‘zbekistonning elchixonalari bilan hamkorlikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jami 21 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 6-son "Xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan joriy yilning 29-mart kuni Rossiya Federatsiyasidagi hamda Qozog‘istondagi O‘zbekistonning elchixonalari bilan hamkorlikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jami 21 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi.
Olib kelingan bolalarning barchasiga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatidi. 18 nafar bola Toshkent shahar IIBB HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga, 3 nafari esa Toshkent shahar Bolalar uyi davlat korxonasiga topshirildi.

Powered by Froala Editor