180 dan ortiq nomzod Le Pen partiyasiga qarshi kurash uchun Fransiyadagi saylovlardan chiqdi
Siyosat
180 dan ortiq Fransiya parlamenti deputatligiga nomzodlar Marin Le Penning o'ng tarafdagi "Milliy uyushma" partiyasi bilan kurashish uchun saylovdan chiqib ketishdi. Bu haqda Le Monde xabar berdi.
Qayd etilishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning “Respublika uchun birga” koalitsiyasidan va “Yangi xalq fronti” chap qanot blokidan deputatlik uchun 185 nafar nomzod o‘ng qanot partiyasi ko'pchilik ovozlarni qo’lga kiritmasligi uchun o‘z nomzodliklarini qaytarib olgan.
30-iyun kuni Fransiya Milliy Assambleyasiga saylovning birinchi turi bo'lib o'tdi. Ovoz berish natijalariga ko'ra, Marin Le Penning "Milliy uyushma" partiyasi yetakchilik qilmoqda. “Yangi xalq fronti” 29,1 foiz bilan ikkinchi o‘rinda. 21,5 foiz ovoz olgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koalitsiyasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Powered by Froala Editor