2023-yilda rus oligarxlari 50 milliard dollarga boyidi

Biznes

Aksariyat rossiyalik milliarderlar, G‘arb sanksiyalariga qaramay, boyishda davom etgan. Ularning umumiy boyligi 328,53 milliard dollarni tashkil qilgan.

2023-yilda rus oligarxlari 50 milliard dollarga boyidi
G‘arb sanksiyalariga qaramay, 2023-yilda Rossiyaning 25 nafar eng badavlat tadbirkorlarining umumiy boyligi 50,01 milliard dollarga oshgan.

2-yanvar kuni e’lon qilingan “Bloomberg” milliarderlar indeksiga ko‘ra, ularning umumiy boyligi 328,53 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Lukoyl” kompaniyasining egalaridan biri Vagit Alekperovning kapitali 9,29 milliard dollarga oshib, 24,7 milliard dollarga yetgan.

“Bloomberg” indeksida bo'lgan faqat bir nafar rossiyalik milliarder Vyacheslav Kantorning boyligi pasaygan. Mineral o'g'itlar ishlab chiqaruvchi “Acron” kompaniyasining asosiy aksiyadori bo'lgan Kantor o'tgan yil davomida 149 million dollar yo'qotgan.

Hozirgi vaqtda eng boy rossiyaliklar beshligi quyidagicha:

Vladimir Potanin (+2,49 milliard dollar, umumiy boyligi 31,1 milliard)
Leonid Mixelson (+2,83 milliard dollar, umumiy boyligi 27,5 milliard)
Vagit Alekperov (+9,29 milliard dollar, umumiy boyligi 24,7 milliard)
Vladimir Lisin (+4,08 milliard dollar, umumiy boyligi 23,9 milliard)
Alisher Usmonov (+2,61 milliard dollar, umumiy boyligi 21,1 milliard)

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing