2026-yil 1-noyabrdan Özbekistonda nimalar özgaradi?

O'zbekiston

2026-yil 1-noyabrdan Özbekistonda kuryerlik jo‘natmalari, pensiya xizmatlari, suyultirilgan gaz savdosi, jamoat xavfsizligi, reklama va arxiv işiga oid bir qator özgarishlar kuchga kiradi. Yangi qoidalar sharhi Norma.uz portalida e’lon qilingan.

2026-yil 1-noyabrdan Özbekistonda nimalar özgaradi?
Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvi uchun amaldagi yig‘im stavkasi 20 foizga kamaytiriladi. Ayrim toifadagi fuqarolarga umumiy pensiya yoshidan ikki yil oldin yoshga doir pensiya tayinlash xizmati proaktiv shaklda ko‘rsatiladi.

Zararli va og‘ir mehnat şaroitlarida ishlagan, imtiyozli pensiya olish huquqiga ega shaxslarga xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.

Noyabrdan LPG-Trade kompaniyasi tomonidan suyultirilgan gazni xarid qilish va aholiga yetkazib berish birja orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy soha obyektlariga gaz bozor tamoyillari asosida shakllanadigan birja narxlarida yetkazib beriladi.

«112» tizimi orqali kelib tushgan jinoyat haqidagi xabarlarga javob berish tartibi ham özgaradi. Ichki ishlar organlarining patrul-post va qo‘riqlash xizmatlari jamoat joylaridagi hodisalar bilan bir qatorda turar joylarda sodir bo‘lgan voqealarga ham yetib boradi. Ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzgan shaxslarning keyingi tadbirlarga kirishi cheklanishi mumkin.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlariga ulangan tadbirkorlar uchun oylik iste’mol bo‘yicha oldindan to‘lov miqdori 15 foiz etib belgilanadi.

Reklama tarqatishga ham yangi talablar joriy etiladi. Tovarlar, işler va xizmatlar haqidagi SMS-reklamalar faqat abonentning yozma yoki elektron roziligi bilan yuborilishi mumkin. Mobil aloqa tarmoqlari orqali reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalar 18:00 dan 09:00 gacha taqiqlanadi. Abonent so‘roviga ko‘ra, mobil operatorlar bunday qo‘ng‘iroq va xabarlarni to‘liq yoki qisman bloklashi shart bo‘ladi.

Bundan tashqari, nodavlat arxivlarni ham o‘z ichiga olgan tashkilotlar saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlarni Arxiv axborot tizimi orqali davlat arxivlariga taqdim etishi kerak.

Yangi qoidalar fuqarolar va biznes faoliyatiga taalluqli. Xizmatlardan foydalanuvchilar hamda tadbirkorlar operatsiyalarni rejalashtirishda ushbu talablarni hisobga olishi lozim. Ular belgilangan sanadan boshlab amal qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing