2030 yilga borib O‘zbekistonga 20 mln xorijiy sayyoh jalb etiladi

O'zbekiston

O‘zbekiston 2030 yilga borib mamlakatga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

2030 yilga borib O‘zbekistonga 20 mln xorijiy sayyoh jalb etiladi
Hozirda respublikaga har yili qariyb 11 million nafar xorijiy mehmon tashrif buyurmoqda. Turizm sohasini rivojlantirish uzoq muddatli iqtisodiy strategiyaning muhim qismi sifatida ko‘rilmoqda.

Strategik maqsadlar qatorida turistik xizmatlar eksportini yiliga 6 milliard AQSh dollaridan oshirish hamda turizmning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkazish belgilangan.

Bu ko‘rsatkichlarga infratuzilmani rivojlantirish, xalqaro aviayo‘nalishlarni kengaytirish va turizm xizmatlarini raqamlashtirish orqali erishish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing