Yaponiya bo‘ylab 230 ta aviareys bekor qilindi

Dunyo

Yaponiya yaqinlashib kelayotgan "Shan'shan" to‘foni tufayli 230 dan ortiq aviareyslar bekor qilindi. Bu haqda TBS News Dig xabar bermoqda.

Yaponiya bo‘ylab 230 ta aviareys bekor qilindi
Havfli to‘fonning yaqinlashishi munosabati bilan All Nippon Airways (ANA) 29-avgust kuni Tsushima, Fukuoka, Miyazaki va Kagoshima aeroportlarida barcha reyslarni bekor qildi. 28 va 30-avgust kunlari ham qator reyslar bekor qilindi va uch kun davomida jami 80 ta parvoz to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, Japan Airlines kompaniyasi ham bugun va ertaga 148 ta reysni bekor qilishga qaror qildi.

Shuningdek, Kumamoto va Kagoshima-Chuo stansiyalari orasida poyezdlar harakati bugun kechqurun to‘xtatiladi. 29-avgustdan boshlab Hakata va Kumamoto stansiyalari o‘rtasida ham poyezdlar harakati to‘xtatilishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing