30 yoshli Akbarxon Sobirxonov yangi prezidentlik Ofisiga rahbar etib tayinlandi
O'zbekiston
O‘zbekistonda boshqaruv apparatini yosh kadrlar bilan to‘ldirish kursi davom etmoqda. Prezident farmoni bilan tashkil etilgan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisiga 30 yoshli Akbarxon Sobirxonov direktor etib tayinlandi.
Akbarxon Sobirxonov davlat sektorida boy tajribaga ega: u 2018-yildan buyon Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. Uning nomzodi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgani tufayli alohida e’tibor qozondi.
Yangi direktorning ish faoliyati davomida erishgan yutuqlari qatorida “Muhandislik missiyasi” dasturini ishga tushirish va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan natijani qayd etish mumkin. Sobirxonov rahbarligidagi Ofis yosh avlodning texnologik va ijodiy g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi asosiy drayverga aylanishi, butun mamlakat bo‘ylab istiqbolli startaplar va ilmiy ishlanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor