40 million yevro evaziga "Manchester Siti" Abduqodir Husanovni rasman jamoasiga qabul qildi

Sport

“Manchester Siti” dekabr oyining oxirida “Lens” bilan muzokaralarni boshlagan va bugun kelishuvni yakunladi. Angliyaning amaldagi chempioni 20 yoshli Husanov uchun 40 million yevro to‘laydi. Shuningdek, shartnomaga muvofiq, bonuslar hisobiga bu mablag‘ 50 million yevrogacha yetishi mumkin.

40 million yevro evaziga "Manchester Siti" Abduqodir Husanovni rasman jamoasiga qabul qildi
Bu transfer Abduqodirni nafaqat “Lens” tarixidagi eng qimmat futbolchiga, balki butun Fransiya futbolida e’tirof etilgan o‘yinchilardan biriga aylantirdi.

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Shu bilan u Britaniya chempionatidagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

“Lens” klubi Husanovni bor-yo‘g‘i 100 ming yevroga transfer qilgan edi. Bu transferning hozirgi qiymati klub uchun ulkan foyda keltirdi. Shu tariqa, Abduqodir Husanov “Lens” tarixidagi eng qimmat sotilgan futbolchiga aylandi.

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi nafaqat o‘zining futbolchilik faoliyati, balki o‘zbek futbolining xalqaro maydondagi obro‘sini oshirishga xizmat qiladi. Yosh futbolchidan kelgusida katta natijalar kutilyapti, ayniqsa, u dunyoning eng kuchli klublaridan birida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston futboli tarixidagi bu muhim voqea yana bir bor milliy futbolchilarning xalqaro miqyosda o‘z o‘rnini topa olish qobiliyatini namoyish etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing